Talabalarning amaliyot taassurotlari

13.12.2024

#Ma`naviy va tashkiliy #Ta`lim #Yangilik

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli va 2021-yil 10-dekabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-42-sonli qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetining 60112400 – Professional ta’lim (60810100 – Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish) va “Yer resurslari va kadastr” fakultetining 60112400 – Professional ta’lim (60813100 – Yer kadastri va yer tuzish) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining  2-bosqich talabalarini 2024/2025 o‘quv yilida o‘quv jarayoni grafigiga asosan 2024-yil 2-dekabrdan 2025-yil 21-fevralgacha: “Gidromelioratsiya” fakultetining 60112400 – Professional ta’lim (60812300 – Suv xo‘jaligi va melioratsiya) va “Yer resurslari va kadastr” fakultetining 60112400 –Professional ta’lim (60813100 – Yer kadastri va yer tuzish) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining 3-bosqich talabalarini 2024/2025 o‘quv yilida o‘quv jarayoni grafigiga asosan 2024-yil 2-dekabrdan 2024-yil 28-dekabrgacha 1-ilovaga muvofiq sohaga oid belgilangan professional ta’lim muassasalarida pedagogik-tanishuv amaliyoti tashkil etilish to‘g‘risida 2024-yil 6 dekabr 1483/t. Rektor buyrug‘iga ko‘ra 2-3-kurs talabalari tanishuv amaliyotiga bordilar. 

  “Geodeziya va kartografiya” texnikumidagi aynan Universitetimizning “Proffesional ta’lim” kafedrasi filiali ochilgan bo‘lib talabalar uchun barcha qulay sharoitlar mavjuddir. Talabalarning sohaga oid belgilangan professional ta’lim muassasalarida pedagogik-tanishuv amaliyoti qanday tashkil etilayotganini nazorat qilish maqsadida “Professional ta’lim” kafedrasi mudiri Dilrabo Inatovna tashrif buyurdilar. Tashrif chog‘ida yaratilgan sharoitlardan, adabiyotlardan, mashg‘ulot xonalaridan, talabalarning bilim va qiziqishlaridan xabardor bo‘lib o‘z taklif -mulohazalarini berib o‘tdilar.

  Mutaxassis bo‘lish yo‘lida nazariy bilimlarni egallash qanchalik muhim bo‘lsa, amaliy tajriba orttirish ham shunchalik ahamiyatlidir. Talabalarning amaliyot jarayoni — ularning o‘quv davridagi ilk professional qadamlaridir. Bu jarayonda talabalar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ish jarayonlarini amalda ko‘rish, yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish, shuningdek, kasbga bo‘lgan mehr-muhabbatini yanada chuqur his qilish imkoniga ega bo‘ladilar.

  Joriy yilda universitetimiz talabalari turli tashkilot va korxonalarda amaliyot o‘tashdi. Ularning fikricha, amaliyot nafaqat nazariy bilimlarni qo‘llash imkonini beradi, balki haqiqiy ish muhitini his qilish, tajribali mutaxassislar bilan muloqotda bo‘lish orqali o‘zini rivojlantirish imkoniyatini ham yaratadi.

  Talabalarning taassurotlari:

  Talabalar o‘z taassurotlarida amaliyotning ko‘plab afzalliklari haqida gapirib o‘tishdi. Bir talabaning so‘zlariga ko‘ra:

  "Аmaliyot davomida kasbimning ahamiyatini yanada chuqurroq angladim. Nazariy bilimlarimni amaliyotda qo‘llash orqali o‘zimga bo‘lgan ishonchim ortdi. Ustoz mutaxassislar yordamida yangi ko‘nikmalarga ega bo‘ldim va kelajakdagi yo‘nalishimga aniqlik kiritdim."

  Boshqa bir talabaning fikriga ko‘ra, amaliyot jamoaviy ish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam bergan:

  "Jamoa bilan ishlash jarayonida o‘zaro muloqot va hamkorlik ko‘nikmalarim shakllandi. Bu tajriba kelgusida ish faoliyatim uchun juda foydali bo‘ladi."

  Amaliyotning ahamiyati:

  Amaliyot jarayoni talabalarga kasbning turli jihatlarini o‘rganish imkonini beradi. Ular nazariy jihatdan o‘rganilgan jarayonlarni haqiqiy ish muhitida sinab ko‘rish, muammolarni hal qilishda ijodiy yondashish, shuningdek, mas’uliyatni his qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

  Shuningdek, bu jarayon talabalarning shaxsiy rivojlanishiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Ular vaqtni samarali boshqarish, ish jarayonini rejalashtirish va o‘zlarining kuchli hamda zaif tomonlarini aniqlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

  Xulosa qilib aytganda,

  Mutaxassislik yo‘lidagi ilk qadamlar talabalar uchun juda muhim bosqich hisoblanadi. Amaliyot jarayoni ularning kasbiy rivojlanishi, nazariyani amaliyotga tatbiq etish va kelajakdagi muvaffaqiyatli ish faoliyati uchun mustahkam zamin yaratadi. Shu sababli, amaliyotni faol, samarali va mas’uliyat bilan o‘tash talabalar uchun katta ahamiyatga ega.

  Mutaxassislikka qo‘yilgan bu ilk qadamlar talabalarning kelajakdagi muvaffaqiyatlarining asosiy poydevori bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.

Tayanch doktorant Z.Temirova axboroti

Universitet matbuot xizmati