JINOYATCHILIK – MILLAT TANLAMAS ILLAT

12.12.2024

#Ma`naviy va tashkiliy


Jinoyatchilik - millat tanlamas illat. Dunyo yaralibdiki, ikkita tushuncha doimo bir - biri bilan kurashib keladi. Bu yaxshilik va yomonlik. Odamzod o'z xatti-  harakati bilan  yo u tomonda, yo bu tomonda bo'ladi. Buzg'unchilik tabiiyki, har xil jinoyatlarni keltirib chiqaradi. Jinoyatning katta - kichigi  bo'lmaydi. Aslida, kichik bo'lib ko'ringan jinoyat katta jinoyatlar uchun tuynuk keyin eshik yoki darvozadir. Shunday ekan, har bir inson avvalombor o'zini nazorat qilishi,  idora etishi  zarur. Bu vijdon amri , qalb itoatidir. Jinoyatchilikka qarshi kurash har bir inson uchun majburiyat burchi, ma'suliyat hissi bo'lishi kerak. Bugun universitetimizda tashkil etilgan  ma'naviy-  axloqiy tadbir xuddi shu masalaga bag'ishlandi. Unda O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh ofitserlar qatnashib, o'zlarining fikr-mulohazalari bilan talabalarga yo'l-yo'riq va maslahatlar berishdi.

Tadbirda IIV Akademiyasi Magistratura bo’limining “Boshqaruv fanlari” kafedrasi professori, polkovnik Qobilov Sharif Rahimovich, IIV akademiyasi magistratura tinglovchisi, podpolkivnik Rahmatullayev G'ayratjon Toshxo'jayev, IIV akademiyasi magistratura tinglovchisi, podpolkovnik Jamolov Xamza Muhammadiyevichlar ishtirok etishdi.

Dastavval, tadbir boshlanishi oldidan universitetimiz prorektori Ro'zimurod Choriyevga so'z berildi. U tashrif buyurgan mutaxassislarga  minnatdorchilik bildirib, universitetda yo'l qo'yilgan talabalar orasidagi ayrim mayda huquqbuzarliklar sodir etgan talabalar haqida so'z yuritdi. So'ngra tadbir boshlovchisi  podpolkovnik G'ayratjon Toshxo'jayevich minbarga taklif etildi. U har bir inson umri mobaynida tinimisiz o'qib - o'raganishi haqida so'z yuritdi va barchaga talabalik payti oltin davr, ilm olish davri ekanligini uqtirdi. Befarqlik va loqaydlik  ba'zi bir jinoyatlarning ildiz otishiga  sababchi bo'lishini e'tirof etdi. Keyin esa mikrofon qarshisiga podpolkovnik Xamza Jamolov taklif etildi. U esa tayyorlab kelgan videolavha  va slaydlari bilan talabalarni turli xil jinoyatlardan chetda turishini  ta'kidladi. Aks holda, inson bilib - bilmasdan jinoyat ko'chasiga kirib qoladi. Bu esa ko'plab jinoyatlarning ildiz otishiga va insonning  afsus va nadomatlariga sabab bo'ladi.

So'ngra iqtidorli olim, professor Sharifjon Qobilovga so'z berildi. U ma'naviyatning qudrati, ta'sirchan kuchi insonning o'ziga mas’ulligi va vijdon amriga bog'liqligini uqtirdi. Ota- ona orzusi, oila qayg'usi bo'lmagan insonda vatan tuyg'usi bo'lmasligi ham aniq. Shunday ekan, u Prezidentlarimizning ma'naviyat bilan bog'liq fikrlarini keltira turib, barcha talabalarni ma'rifatga o'qib izlanishga , axloqli bo'lishga  da’vat etdi. Ular o'zlarining mualifligida yaratilgam uchta kitoblar to'plamini keltirib, dekan o'rinbosarlari, tyutorlar va talabalarga ulashdilar va birgalikda rasmga tushdilar.

Irodasi bo'sh odam jinoyatga moyil bo'lishini, bu esa ko'p kulfatlarga sabab bo'lishini e'tirof etdi. Tadbir nihoyasida universitetimizning “Ekologiya va huquq” fakulteti Yurisprudinsiya yo'nalishining 2-kurs talabasi Firdavs Botirovning erishgan yutug'i bilan tag'dirlashdi. Ma’lumki, joriy yilning 1-7- dekabr kunlari Jahon bo'yicha o'tkazilgan "World ability sport" yoshlar o'yinlari " Paralimpiya " yo'nalishida Tailand davlatida tashkil etilgan “Parapauerlifting”, ya'ni tosh ko'tarish bo'yicha birdaniga ikkita o'rinni ya'ni 2- va 3- o'rinlarni egallab, ikkita medal bilan vatanimizga qaytib keldi. Tadbir boshlovchisi tashrif buyurgan mehmonlarga universitet rahbariyati nomidan samimiy minnatdorchiligini bildirdi.

          Madaniyat saroyiga jam bo’lgan talaba va tyutorlar quyidagi ma’lumotlarga ega bo’lishdi. Jinoyatchilik — bu huquqni buzish yoki qonunlarga zid bo‘lgan harakatlar bo‘lib, ularga turli turlar mavjud. Jinoyatchilik turiga qarab uning sodir bo‘lish shakllari va oqibatlari farqlanadi. Jinoyatni tashkil etish — bu jinoyatlarni amalga oshirish uchun boshqa shaxslarni jalb qilish va ular bilan hamkorlik qilishdir. Boshqa shaxslarni jinoyatga undash yoki ular bilan sheriklik qilish ham jinoyatga kiradi. Jinoyatchilikning turli turlari har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, jinoyatchilik sodir bo‘lishining sabablari va oqibatlari ham har xil bo‘lishi mumkin. Har bir jinoyat turining oqibatlari jiddiy bo‘lib, uning ijtimoiy va huquqiy natijalari keng tarqalgan.

          Kiber jinoyatlar internet va texnologiyalarni suiste'mol qilish orqali sodir bo‘lishini, Internet orqali o‘g‘irlik (masalan, kredit karta ma'lumotlarini o‘g‘irlash), Hakerlik-kompyuter tizimlariga noqonuniy kirish va boshqa Kiberxavfsizlikka tahdidlar, Virus yoki zararli dasturlar orqali tizimga ziyon yetkazishdek jinoyatlar to’g’risida atroflicha ma’lumotlarga ega bo’lishdi.

 

“Ekologiya va huquq” fakulteti talabasi Sunbula Daminova axboroti

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti matbuot xizmati