“4+2” dasturi amalda
11.12.2024

“4+2” dasturi amalda
Joriy yilning 11-dekabr kuni universitetning 2024-2025-o‘quv yili uchun ishlab chiqilgan o‘quv jarayonida ko‘zda tutilgan “4+2” dasturi doirasida “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedraga tegishli bo‘lgan “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” yo‘nalishining 2-bosqich talabalari bilan “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi A.A.Akbaraliyev malakaviy amaliyotni o‘tash uchun “Toshkent GESlar kaskadi” filialiga tashrif buyurdilar.
Tashrif doirasida talabalar bilan texnika xavfsizligi instruktaji o‘tkazildi, korxonaning umumiy ishlash sohalari haqida ma’lumot berildi. Endilikda talabalarni filialga tegishli obyektlarga yuborishi, ularga amaliyot rahbari tayyorlashi va haftaning har chorshanba va payshanba kunlari talabalarning amaliyot joylarida bo‘lishlari to‘g‘risida aytib o‘tildi.





