Yangi yil shukuhi
11.12.2024

Yangi yil shukuhi
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti”- Milliy tadqiqot Universiteti “Gidromelioratsiya” fakulteti talabalari yangi yilga tayyorgarlik ko‘rishni boshlab yuborishdi. Talabalarda yangi yil shukuhi hukm surmoqda. “Gidromelioratsiya” fakultetining bir guruh talabalari G - binoning 1-qavatini chiroyli qilib yasata boshlashdi, katta archa o‘rnatishdi, so‘ngra archa o‘yinchoqlari bilan bezatishdi, oynalarga esa rasmlar chizishdi. Talabalar archani yasatish jarayonida bir-birlariga samimiy tilaklarni bildirishdi, yangi yilda ushalmagan orzu va istaklari amalga oshishini, hamda yangi yil barchaga omad, quvonch va baxt keltirishini tilashdi.
Shundan so‘ng “Gidromelioratsiya” fakulteti binosi juda ham ko‘rkam va chiroyli bo‘ldi, archani ko‘rib barchaning bahri dili ochildi.
“Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori G.Z.Axmedjanova axboroti
Universitet matbuot xizmati