“4+2” ta’lim shakli - nazariya va amaliyotning uyg‘unligi

11.12.2024

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  “4+2” ta’lim shakli - nazariya va amaliyotning uyg‘unligi

Joriy yilning 7-dekabr kuni universitetning 2024-2025-o‘quv yili uchun ishlab chiqilgan, o‘quv jarayonida ko‘zda tutilgan haftalik o‘quv mashg‘ulotlari “4+2” tartibi doirasida “Energetika” fakulteti “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” yo‘nalishining 2-bosqich talabalari  “Toshkent suv ta’minoti AJ”ga amaliyot o‘tash uchun borishdi. Amaliyot davomida talabalar mas’ul xodim tomonidan texnika xavfsizlik qoidalari yo‘riqnomasidan o‘tishdi. Talabalar tashkilotga tegishli nasos stansiyalar va ularning faoliyat turlari bilan tanishdi. Tashkilot rahbariyati va malakaviy amaliyot rahbarlari talabalarni biriktirilgan nasos stansiyalariga taqsimlash, amaliyotni to‘g‘ri va samarali tashkil etish bo‘yicha muhim masalalarni kelishib olishdi. Talabalarimiz birinchi kundanoq suv ta’minoti va nasos stansiyalaridagi jarayonlar bilan tanishishga kirishib ketishdi.

Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Ch.Oxunboboyeva axboroti

Universitet matbuot xizmati