UNDP tanlovida mutlaq g‘oliblik
10.12.2024

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Islom taraqqiyot banki va OPEK ning taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilayotgan “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” qo‘shma loyihasi doirasida tashkil etilgan “Qishloq va suv xo‘jaligi yosh muhandislari” xalqaro tanlovi iyun oyida o‘tkazilgan edi.
Joriy yilning 10 dekabr sanasida tanlov natijalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra “Smart irrigation” yo‘nalishi bo‘yicha Universitetimiz yoshlari mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.
- Birinchi o‘rinni “Hydroleaders” jamoasi a’zosi Xudoyberdiyev Xumoyunbek
- Ikkinchi o‘rinni “Hydroleaders jamoasi” a’zosi Shamsiddinov Xushnudbek
- Uchinchi o‘rinni esa “Qurilishni tashkillashtirish va texnologiyasi” kafedrasi t.f.f.d. Melikuziyev Sarvarbeklar qo‘lga kiritdilar.
G‘oliblarga sertifikat va qimmatbaho sovg‘alarni BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakilasi Akiko Fujii topshirdi.
Universitet matbuot xizmati