Oliy sud tarixiga bag‘ishlangan kitob
12.12.2024

Oliy sud tarixiga bag‘ishlangan kitob
2024-yilning 6-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida Oliy sud tarixiga bag‘ishlangan kitobning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda ushbu kitobning Konstitutsiyaning 32-yillik bayrami arafasida chop etilgani va xalqimizga tuhfa etilgani ramziy ma’noga ega ekanligi haqida to‘xtalib o‘tildi. Ushbu taqdirlash marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, viloyat, tuman, shahar va boshqa barcha sudyalar ham ZOOM orqali ishtirok etdilar. Ushbu kitobning yaratilishida katta hissalarini qo‘shgan olim va olimalar Oliy sud raisi tomonidan taqdirlandi. Taqdirlanganlar safida "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti "Gumanitar fanlar" kafedrasi professori Shohistaxon Mamajonovna O‘ljayeva ham bor. U "Temuriylar davlatida sud-huquq tizimi" nomli bo‘limni yozgan. Kitob 55 bosma toboqdan iborat. Mualliflar jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tadbir tafsilotlari "O‘zbeksiton-24" va boshqa dasturlar orqali namoyish etiladi.
Universitet matbuot xizmati