10-dekabr – O‘zbekiston respublikasi davlat madhiyasi qabul qilingan kun!

10.12.2024

#Ma`naviy va tashkiliy

10-dekabr – O‘zbekiston respublikasi davlat madhiyasi qabul qilingan kun!

Madhiya she'ri muallifi Abdulla Oripov, bastakor Mutal Burhonov.

Bugun xalqimizning mangu qoʻshigʻi — madhiyamiz yaralgan kun. Madhiya — milliy gʻururimiz, istiqlolimiz va istiqbolimiz timsoli. Mustaqillik va birdamligimiz ramzi. U yana bir karra bizni Vatanimizdan gʻururlanishga, uni sevishga, mustaqilligimizni yanada mustahkamlashga chorladi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 10-dekabrdagi 768-XII-sonli «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.

O‘zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasi O‘zbekiston Respublikаsi Dаvlаt suverenitetining rаmzidir.

O‘zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasigа zo‘r ehtirom bilаn qаrаsh O‘zbekiston Respublikаsi hаr bir fuqаrosining vаtаnpаrvаrlik burchidir.

10-dekabr O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan milliy g'urur va vatanparvarlikni targ'ib etish maqsadida «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti jamoasi davlatimiz madhiyasini kuyladi.