Tezlik asri-kreativ fikrlashni talab etadi

07.12.2024

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  2024-yil 7-dekabr  kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti psixologi M.K.Muhammedova “Iqtisod”, “Gidrotexnika qurilishi”, “Gidromelioratsiya” fakultetlari talabalari, Xor jamoasi vakillari bilan birgalikda seminar trening o‘tkazdi. Tadbir guruh a’zolari o‘rtasida sog‘lom do‘stona munosabatlarni hamda jamoa bo‘lib bir maqsad yo‘lida ishlash ko‘nikmasini o‘stirish, o‘zaro bir-birini his qilish, pozitiv ruhiy sferani vujudga keltirish, chegaradan tashqari fikrlash, kreativlikni rivojlantirish, diqqatni jamlash, tafakkurni kengaytirish va  qaror qabul qilish malakalarini shakllantirish va o‘zaro hurmat, e’tiborlilikni yuzaga keltirish maqsadida "Ijodiy fikrlashning inson hayotida tutgan o‘rni va ijobiy ta’siri" mavzusida tashkil etildi.

  Umuman olganda insonlarda ijodkorlik faqat san’at ahli: rassomlar, yozuvchilar, musiqachilarga kerak, degan fikr  rivojlanib qolgan. Ammo ijodsiz taraqqiyot bo‘lmasligini hisobga olib fikr yuritadigan bo‘lsak: Ijodiy fikrlaydigan odamlar turli muammolarni hal qilish uchun yangi texnologiyalar va tizimlar, biznes usullari va vositalarini yaratadilar.Bugungi tadbirda talabalarga ijodiy fikrlash nima ekanligini va zamonaviy mutaxassisga nima uchun kerakligi haqida so‘z yuritdik.  Shuningdek, ishtirokchilarning kreativlik darajasini qanday baholash va kreativlikni rivojlantirish texnikalaridan foydalanish, mahoratlarini oshirish yuzasidan trening o‘tkazildi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

TIQXMMI MTU matbuot xizmati