Yangi yil shukuhi

07.12.2024

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Yangi yil shukuhi

Joriy yilning 6-dekabr kuni "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti tyutori D.Xursandova va faol talaba yoshlar tomonidan B binoning kirish eshik oynalariga Yangi yil shukuhini aks ettiruvchi rasmlar chizilmoqda. Binoga kiraverishda yangi yilning ziynati bo‘lgan Yangi yil “ARCHASI” bezatildi. Barcha talabalarning qalbini yangi yil shukuhi qamrab olganligi yaqqol ularning ko‘zlaridan ko‘rinib turibdi. Talabalar ko‘tarinki kayfiyatda archani bezatishdi va oynalarga rasmlar chizish orqali kayfiyatlarini ijobiy notaga sozlab olishdi. Azizlarim barchangizni yaqinlashib kelayotgan yangi yil bayrami bilan tabriklaymiz! 

"GTQ" tyutor D.Xursandova axboroti

TIQXMMI MTU matbuot xizmati