5+1 dasturiga asosan Chirchiq GES lar kaskadiga tashrif

07.12.2024

#Ilmiy faoliyat #Ta`lim

  5+1 dasturiga asosan Chirchiq GES lar kaskadiga tashrif

 2024-yil 5-dekabr kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Irrigatsiya tizimlarida gidroenergetika obyektlari”bakalavr ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabalari va “Nasos stansiyalari va gidroelektrostansiyalar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari «Gidroenergetik qurilmalardan foydalanish» fanidan 5+1 dasturiga asosan Chirchiq GES lar kaskadiga tashrif buyurdilar. A. Shodmonov talabalarga “Chirchiq GES” boshqaruv tizimlari mavzusidagi amaliy mashg‘ulotlarni olib bordi va talabalar tomonidan berilgan savollarga atroflicha keng javoblar berdi. Shuningdek, 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Chirchiq GESlar kaskadi” filialida “O‘zbekgidroenergo” AJning  korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbirida ishtirok  etildi.