Iqtidorli talabalarni ilmiy faoliyatga yo‘naltirish

07.12.2024

#Ma`naviy va tashkiliy #Ta`lim #Yangilik

 Iqtidorli talabalarni ilmiy faoliyatga yo‘naltirish

 Joriy yilning 6-dekabr kuni Universitetimizning G bino 111-xonasida “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi mudiri Ro‘ziyev Ilhom Mahmudovich tomonidan  “Gidrologiya (Daryo va suv omborlari gidrologiyasi)” va “Meliorativ gidrogeologiya” ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar bilan nufuzli stipendiyalar hamda ilmiy faoliyatga doir davra suhbati tashkil qilindi.

  Uchrashuvdan asosiy maqsad iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va maqsadli tayyorlashdan iborat bo‘lib, institutning ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantiruvchi, tayyorlash va bu borada yuksak iste’dod sohiblariga, bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish uchun imkoniyat yaratishdir. Talabalarni ilmiy faoliyatga yo‘naltirish borasida iqtidorli talabalarni institutning yetakchi professor-o‘qituvchilariga biriktirish, innovatsion ilmiy-ijodiy faoliyatga yo‘naltirilgan to‘garaklar faoliyatini tashkil etish ishlari haqida ma’lumotlar berildi.

Universitet matbuot xizmati