Konstitutsiya - baxtimiz qomusi

07.12.2024

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  

Konstitutsiya - baxtimiz qomusi

Joriy yilning 5-dekabr kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti "Iqtisodiyot" fakultetiga qarashli 3-talabalar turar joyida yotoqxona tarbiyachi pedagogi Z. Muxrumboeva va fakultet tyutori D. Egamovalar tashabbusi bilan 8 dekabr Konstitutsiya kuni munosabati bilan “Konstitutsiyamiz-baxtimiz qomusi” shiori ostida tadbir tashkil etildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi bilan boshlandi. Tadbirda universitet profilaktika inspektori A. Ubaydullaev, "Iqtisodiyot" fakulteti dekan muovini X. Ro‘zmetov va fakultet tyutorlari ishtirok etishdi. Tadbirni 105-guruh talabasi S. Anorboeva olib bordi. Tadbirni bayram tabrigi bilan X. Ro‘zmetov boshlab berdi, so‘ngra A. Ubaydullaev so‘zga chiqib talaba-yoshlarga yangilangan konstitutsiya haqida kengroq tushunchalar berib o‘tdi. Bu borada talabalar ham konstitutsiya bo‘yicha o‘zlarining fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar. Tadbir davomida talaba-yoshlar o‘zlari tayyorlagan she’r va qo‘shiqlar bilan hammamizni xushnud etishdi. "Iqtisodiyot" fakulteti va 3-TTJ jamoasi barchangizni ushbu bayram bilan chin qalbdan muborakbod etishadi. 

3-TTJ tarbiyachi – pedagogi Z. Muxrumboeva va "Iqtisodiyot” fakulteti   tyutori  D.Egamovalar axboroti

Universitet matbuot xizmati