Texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish tizimi (TJABT) yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish kurslari boshlandi

05.12.2024

#Ta`lim #Yangilik

Jamiyat tasarrufidagi “Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti” NTM tomonidan tizimdagi GES va kaskadlar filiallari va suv omborlarining “RHA, Raqamlashtirish va AKT, Texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish tizimi (TJABT), Aloqachi, rele himoyasi va TJABT” lavozimlarida ishlovchi xodimlarining malakasini oshirish maqsadida navbatdagi malaka oshirish kurslari boshlandi.


Birinchi guruh tarkibidagi 22 nafar xodim uchun Texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish tizimi (TJABT) yo‘nalishida maxsus dastur asosida malaka oshirish kurslari o‘tkazilmoqda.


Malaka oshirish kurslarini  "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti "Texnologik jarayonlarni avtomatlashtrish va boshqarish" kafedrasi katta o'qituvchisi Aziz Nigmatov olib bormoqda.