“Energo Max Group” kompaniyasi bilan hamkorlik
05.12.2024

Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda injener-texnik kadrlarning ahamiyati alohida o‘rin egallaydi. Shuning uchun universitetimizda malakali injener kadrlar tayyorlash, ularning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida kafedralar respublikamizning yirik ishlab chiqarish korxonalari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga, amaliy darslarni bevosita zamonaviy texnologiyalar va dastgohlarda o‘qitishga katta e’tibor qaratilmoqda.
“Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasida shunday hamkorlik “Energo Max Group” MChJ kompaniyasi bilan yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Hozirgi kunda kafedraning 60711500 - “Mexatronika va robotexnika” va 60722900 - “Texnika va texnologiyalarning texnik ekspertizasi va marketingi” ta’lim yo‘nalishlari 3+3 tizimi asosida amaliy darslarni korxonada olib borilmoqda. Korxona injener texnik xodimlarining amaliy darslarni tashkil etishda ko‘rsatilayotgan jonbozligi tufayli direktor o‘rinbosari Mehribon Ibragimovaga universitet tashakkurnomasi taqdim etildi.
Universitet matbuot xizmati