Kitobxon ona – kitobxon bola

04.12.2024

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Kitobxon ona – kitobxon bola

Joriy yilning 4-dekabr kuni «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti «Gidrotexnika qurilishi» fakulteti dekan maslahatchisi F.Yunusova va tyutor D.Xursandovalar tashabbusi bilan tashkil etilgan “Kitobxon ona-kitobxon bola” mavzusida tadbir o‘tkazildi. F.Yunusova “Kitob – ma’naviyat xazinasi” mavzusida so‘z yuritib, kitob insonning fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo‘tabar va muqaddas deb hisoblanishini ta’kidlab, kishining madaniyati uning o‘qigan kitobida aks etishini aytib o‘tdi. Hamda tadbirda ishtirok etgan bolajonga o‘zlari mutolaa qilgan kitoblari haqida so‘zlab, u bilan fikr almashdilar. Shu singari bolajon ham o‘zi o‘qigan kitoblari haqida gapirib berdilar. Bu an’ana inson xotirasini kuchayishiga, so‘zamollik qobiliyatini rivojlanishiga yaxshi ta’sir etuvchi omillardan biri ekani naqadar quvonarli holat. Loyihaning maqsadi Onalar tomonidan kitobxonlik an’analarini tiklash orqali bolaning bolalikdan kitobxonlik huquqini ta’minlash, jamiyatda kitobxon onaning ijobiy imijini shakllantirishdan iborat. Kitob va kitobxonlik orqali oilada bolalarni tarbiyalash bo‘yicha ilg‘or pedagogik tajribani ommalashtirish, Loyihani amalga oshirishda onalarni ham jalb etishning turli shakllaridan foydalanish jamiyatimiz ona va bolalarining ma’naviy barkamolligi uchun g‘oyat muhim hisoblanadi.

"Gidrotexnika qurilishi" fakulteti dekan maslahatchisi F.Yunusova va tyutor D.Xursandovalar axboroti

Universitet matbuot xizmati