Mahalla yoshlari – kelajakning bunyodkori
03.12.2024

OTM – Mahalla hamkorligi doirasida "Mahalla yoshlari – kelajakning bunyodkori, jamoaning tayanchi!" shiori ostida joriy yilning 2-dekabr kuni «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti dekan maslahatchisi F.Yunusova va “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti tyutori D.Xursandovalar “Nur” MFYga tashrif buyurdilar. Tashrif mobaynida MFYning raisi, huquq-tartibot bo‘yicha o‘rinbosari, xotin-qizlar faollari va yoshlar yetakchisi bilan suhbatlashdilar. Suhbat chog‘ida mahalladagi muammolar va takliflar, umumiy holatlar, jumladan, mavjud aholi soni, ayollar, yoshlar hamda temir daftarlarida qayd etilgan fuqarolar, vaqtincha ishsizlar, nogironligi bo‘lgan fuqarolar va boshqa ijtimoiy masalalar xususida o‘rganishlarni amalga oshirdilar. MFYda joylashgan mavjud maktablar va maktabgacha ta’lim muassasalari, ularning holati hamda hududda o‘z yechimini kutayotgan ko‘plab masalalar yuzasidan MFY raisi, mahalla faollari va yoshlar bilan suhbatlashildi.
“GTQ” fakulteti dekan maslahatchisi F.Yunusova va tyutor D.Xursandovalar axboroti
Universitet matbuot xizmati