Birga ishlash muvaffaqiyat garovi
02.12.2024
"Rivojlangan mamlakatlar sanoatlashtirish orqali o‘rtacha daromadli mamlakatlarga aylanishi mumkin, ammo qishloq xo‘jaligini rivojlantirmasdan turib rivojlangan davlatlar qatoriga qo‘shila olmaydi" shiori ostida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida 2024-yilning 28-noyabr kuni universitetning "Gidromelioratsiya" fakultetida “Koreyada qishloq xo‘jaligining rivojlanish tarixi va chorvachilikning o‘rni” mavzusida Koreya mamlakatidan tashrif buyurgan mehmonlar:
- Tae-Sung Park - ijrochi direktor
- Song-Kyom Kim - Bosh direktor
- Ha-Seung Park - direktor o‘rinbosari
- Hi-Tae Chae - direktor o‘rinbosari
- Bosh direktor yordamchisi bilan davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbirda PAK, TE SON Qishloq xo‘jaligi infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha ijrochi direktori "Koreya qishloq jamoalari korporatsiyasi",
Mahalliy vakilning loyihasi,
Koreyaning ODA oluvchi davlatdan donor davlatga o‘tishi" tarixi bilan bog‘liq ma’lumotlar berdi.Tadbirda soha mutaxassislari o‘z kasbining fidoyilari bo‘lgan professor-o‘qituvchilar, 150 dan ortiq talaba-yoshlar qatnashishdi. Tadbir yakunida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi, hamda "Birga bo‘lish-boshlanish, Birlashish-taraqqiyot, Birga ishlash-muvaffaqiyat" degan tushuncha bilan nihoyasiga yetdi.
"Gidromelioratsiya” fakulteti tyutorlari G. Axmedjanova va D. Аxrarovalar axboroti
Universitet matbuot xizmati