“Profi universiteti” Navoiy filialida Xalqaro Ilmiy Amaliy Konferensiya
02.12.2024

2024-yil 29-noyabr sanasida “Profi university” Navoiy filialida “Oliy ta’limda innovatsiya va raqamli texnologiyalar muhitida o‘qitishning zamonaviy tendensiyalari: istiqbollar, muammolar va yechimlar” mavzusida xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Anjumanga Respublikamiz, hamdo‘stlik mamlakatlari va xorijiy mamlakatlar olimlardan, ilmiy tadqiqotchilardan 300 dan ortiq ilmiy maqolalar kelib tushdi hamda ularning 200 tasi qabul qilindi. Konferensiyada ko‘plab xalqaro ekspertlar, 20 dan ortiq xorijiy olimlar, yurtimizdan 150 dan ortiq sohaning taniqli professor olimlari, doktorantlar, tadqiqotchilar ishtirok etishdi.
Mazkur anjumanda “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti, “Ingliz tili” kafedrasi dotsenti Go‘zal Eshchanova xalqaro anjumanga moderatorlik qilish bilan birga, o‘zining taqdimoti bilan ham ishtirok qildi.
Anjumanni “Profi Universitet” nodavlat oliy ta’lim muassasasi Navoiy filiali rektori, Prof, Dr. Fılıppov Olgerd Aleksandrovıch kirish so‘zlari bilan ochib berib, tashrif buyuruvchilarga o‘zining minnatdorchiligini bildirib, anjuman ishiga muvaffaqiyat tiladi.
Shuningdek, anjumanda bir qator tashrif buyuruvchilar bilan birga quyidagi ma’ruza va dokladlar ham tinglandi, jumladan:
- GULYAMOV JAXANGIR RAXMATULLAYEVICH, Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi ilmiy kotibi, p.f.n. dotsent, “O‘quvchilarning individualligiga yo‘naltirilgan ta’limni tashkil etishning nazariy-metodologik jihatlari”
- KRAVITZ MERRYL (Cambodia), English Language Fellow at Battambang Teacher Education College in Battambang, Cambodia, “Innovation in Teaching Methodology”.
- DR. VINOTH KUMAR CHOKKALINGAM (India), Professor of Profi University Navoi branch,”Transforming Teaching: Digital innovation in Higher Education”
- DILIA HASANOVA (Canada), C.S.Lecture at the University of British Columbia, Vancouver, Canada, “Assuring student success through classroom engagement and active learning”
- YO‘LDOSHEV KAMOL MIRZAYEVICH, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Navoiy filiali rahbari, professor, “Fizika darslarida Navoiy asarlaridan foydalanish”
- KHABIBOV SHAKHOBJON, PhD student of the Pusan National University, “Korean education system”
- RO‘ZIQULOV FAXRIDDIN RASULOVICH, Psixologiya fanlari doktori (DSc), professor, Profi universiteti, “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida oliy ta’limda psixologiya fanining o‘rni”
- NODIRA RAKHIMOVA, Navoiy State University,” The role and significance of Artificial Intelligence (AI) programs (ChatGPT) in the formation and development of students’ writing skills in the context of higher education”
- GUZAL ESHCHANOVA, Associate Professor of “TIIAME” National Research University, “Increasing Quality Assurance in Teaching English to Engineering Students of Technical Universities”
Ishonamizki, bu kabi anjumanlar olimlarda tajriba almashinish, tadqiqotchilarda ilmiy izlanish, yosh o‘qituvchilarda esa dars jarayonida raqamli ta’lim afzalliklaridan samarali foydalanishda eng qulay metodikalarni saralashga va shuningdek, milliy va xalqaro ekspertlar o‘zlarining yetuk bilimlarini kelajak avlodga yetkazishdek sharafli vazifalarini ham bajarishlariga zamin yaratadi.







