O‘quv seminar

21.09.2023

#Rektordan

   19-21-sentyabr kunlari "Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqot universiteti tashabbusi bilan hududlarda aniqlangan kamchiliklarni oʻrnida bartaraf etish hamda mahalliy mutaxassislarni malakasini oshirish maqsadida  “Elektr energiyasini tejash va undan oqilona foydalanishni taʼminlash hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish” mavzusida oʻquv seminari boʻlib oʻtdi. Unda Toshkent viloyatining Angren va Nurafshon shaharlari hamda Ohangaron tumanida joylashgan yirik ishlab chiqarish korxonalari va podstansiyalardan 60 nafar soha mutaxassislari ishtirok etdilar. 


Oʻquv-seminarda universitetning yuqori malakali professorlari quyidagi mavzular boʻyicha maʼruza qildilar:

✔️Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan elektr energiyasi isteʼmolida foydalanish;

✔️ Elektr taʼminoti tizimlarida chastotani boshqarish muammolari;

✔️Elektr uskunalar ekspluatatsiya samaradorligini oshirish va mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish;

✔️ Elektr energiyasi reaktiv quvvatini kompensatsiyalash asosida elektr tarmoqlaridagi isroflarni kamaytirish;

✔️ Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini elektr taqsimlash tizimlariga integratsiyalash; 

✔️ Oʻzbekistonda kichik gidroyenergetik qurilmalaridan foydalanishda mavjud muammolar va ularni yechish yoʻllari;

✔️ Past va yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida kabellar va avtomatlarni toʻgʻri tanlash.


Bugun oʻquv-seminarning uchinchi kunida Angren va Ohangaron hududlariga chiqib  elektr energiyasi tejash va undan oqilona foydalanishni taʼminlash hamda qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan foydalanish boʻyicha bevosita amaliy mashgʻulotlar oʻtkazilmoqda.