Ta’lim va ishlab chiqarish hamkorligi

29.11.2024

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-42-son qarorida hamda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti va “Musaffo Obi Hayot Magistral Suv Ta’minoti” AJ o‘rtasida imzolangan hamkorlik aloqalari to‘g‘risidagi shartnomada belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasining bir guruh professor-o‘qituvchilari, doktorant va magistrantlari “Musaffo Obi Hayot Magistral Suv Ta’minoti” AJga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash va kanalizatsiya xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tashkilotda olib borilayotgan ishlar, texnik muammolar, bo‘lajak xodimlarning malakasiga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

  Tashrif davomida shuningdek “Musaffo Obi Hayot Magistral Suv Ta’minoti” AJda suv hisobini yuritish eski namunadagi suv o‘lchash qurilmalarini yangi ultratovushli sarf o‘lchash qurilmalariga almashtirishdagi, aholining potensial o‘sishini inobatga olgan holda magistral suv ta’minoti quvurlarining doimiy samarali ekspluatatsiyasini ta’minlashdagi ilmiy muammolar muhokama qilindi. Tashrif so‘ngida kafedra magistrantlarining stajirovkalarini tizimli ravishda ushbu tashkilotda olib borish bo‘yicha tashkilot rahbari N.S.Saydaliyev bilan kelishib olindi.