Kitobxon ona – kitobxon bola
29.11.2024

Joriy yilning 27-noyabr kuni universitet xotin-qizlar maslahat kengashi rejasi asosida “Energetika” fakulteti talaba-qizlari o‘rtasida “Kitobxon ona–kitobxon bola” mavzusida axborot resurs markazida suhbat bo‘lib o‘tdi. Ushbu suhbat universitet axborot resurs markazi 2-toifali kutubxonachisi D.Sabirova va fakultet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi tomonidan o‘tkazildi. Suhbatda asosan fakultetdagi oilali va farzandlari bor talaba-qizlar o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Chunki onalar tomonidan kitobxonlik an’analarini tiklash orqali bolaning bolalikdan kitobxonlik madaniyatini ta’minlash, jamiyatda kitobxon onaning ijobiy imijini shakllantirish mumkin.
Talabalarning zamonaviy bilim, ko‘nikma va malakalarni faqatgina o‘zlashtiribgina qolmasdan, balki uning barcha komponentlarini hayotga qo‘llay olishi muhim vazifadir. Yosh avlodni tarbiyalashga qaratilgan davlat siyosati borasida Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek: “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”. Bu munosabatlar zamirida kitobga bo‘lgan cheksiz mehrdan tortib, uning komillik mezoni darajasini belgilovchi asosiy vosita ekanligigacha bo‘lgan ulkan ishonch yotibdi.
Bundan ko‘rinib turibdiki badiiy kitobsiz ilm-u ma’rifatga to‘la erishishni, haqiqiy to‘kis jamiyat qurishni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Demak, hamma narsa insonning bilimiga, ma’naviy kamolotiga borib taqalar ekan, kitobxonlik an’analarini davom ettirish, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish o‘ta zarur vazifaligi o‘z-o‘zidan ayon bo‘lib qolmoqda.
Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Ch.Oxunboboyeva axboroti
Universitet axborot xizmati