"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitet talabalari "Asian Jam" MCHJ da bo'ldilar
29.11.2024

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash fakulteti "Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi" 408-409 guruh talabalari Qishloq xo'jalik maxsulotlarini joylash va qadoqlash fanidan Usmonov Kamoliddin va Xasanova Xolida fan o'qituvchilari boshchiligida "Asian Jam" MCHJ da bo'ldilar.
Qiziqarli tomoni shundaki, aynan shu va boshqa fan darsliklari ishlab chiqarish tashkilkotlarining o'zida tashkil etilmoqda. Bu esa talabalar bilimlarini yanada mustahkamlashga, ishlab chiqarish jarayonini real vaqtda amalda birgalikda bajarishga yordam beradi.
Ma'lumot uchun "QXMS va DIT" yo'nalishi talabalari "Asian jam", Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida, “Toshkentvino kombinati”, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti, Master global plus kabi tashkilotlarda amaliyot darslari o'tib kelinmoqda

















