Ekologik madaniyat-bugun va kelajak.

29.11.2024

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

“Toshkent Irrigatsiya va qishloq  xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti 105- guruh talabalari bilan ularning ekologik madaniyatini oshirish maqsadida “Marifat darsi” doirasida ekologik talim, ekologik ma’rifat, ta’lim va tarbiya borasida davra suhbati o‘tkazildi. Ularda ekologik madaniyatni shakllantirish hamda ekologik madaniyat-umuminsoniy madaniyatning yangi mazmuni ekaniligini singdirish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Turonbank xonasida katta ekranda ekologiya va atrof-muhit muxofazasiga bag‘ishlangan ko‘rsatuvni talaba-yoshlar katta qiziqish bilan tomosha qilishdi. So‘ngra bir-birlari bilan qizg‘in savol javoblar qilishdi. Yоsh avlodni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash biz ustozlarning burchimizdir. Qadriyat insonning kundalik hayotida nomoyon bo‘ladigan odamlar tomonidan qadrlanayotgan, inson uchun foydali ahamiyati katta, moddiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy-mafkuraviy, siyosiy, diniy, milliy, ijtimoiy omillar yig‘indisidir. Bugungi mavzumiz bo‘yicha talaba-yoshlarda tabiatga bo‘lgan mehr- muhabbat tuyg‘usini yanada oshira olgan bo‘lsak ajabmas.

 “Iqtisodiyot” fakulteti   tyutori  D.Egamova axboroti

Universitet matbuot xizmati