Shaxsiy gigiyena qoidalari

28.11.2024

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Joriy yilning 1-noyabr kuni «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti «Gidrotexnika qurilishi» fakulteti o‘qituvchilari boshchiligida 1-talabalar turar joyidagi talaba qizlar bilan uchrashdi. “NS va G” kafedrasi dotsenti F.Artikbekova talaba qizlarimizga yotoqxonada ahil inoq, bir oila bo‘lib yashash, odob-axloq, tozalik, orastalikka rioya qilish va kiyinish madaniyati borasida ma’lumot berib o‘tdi. “КТ va Т” kafedrasi assistenti Sh.Nazarova ham qizlarimizga shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish orqali inson o‘zini ko‘pgina kasalliklardan himoya qilish hamda kasalliklarning oldini olish mumkinligi haqida gapirib o‘tdi. 

"GTQ" fakulteti dekan maslahatchisi F.Yunusova axboroti

Universitet matbuot xizmati