Zakovat – mantiq o‘yini
28.11.2024
#Ma`naviy va tashkiliy
#Ta`lim
#Yangilik

“Iqtisodiyot” fakultetida talaba yoshlarning intellektual salohiyatini yanada oshirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Zakovat intellektual o‘yinlari o‘tkazildi.
Unda fakultet talabalaridan tashkil topgan jamoalar ishtirok etdilar. Yakunda g‘olib deb topilgan jamoalarga 1,2 va 3-darajali diplomlar va esdalik sovg‘alari, kitoblar topshirildi. Bunday o‘yinlar talaba yoshlar orasida sog‘lom raqobat va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi.
“Iqtisodiyot” fakulteti dekani o‘rinbosari X.Ro‘zmetov, tyutorlar D.Egamova, G.Shodiyevalar axboroti



