San’at muzeyiga sayohat
28.11.2024
Joriy yilning 27-noyabr sanasida "TIQXMMI" MTU "Gidromelioratsiya" fakulteti 1-bosqich 108-guruh talabalari "O‘zbekiston davlat san’at muzeyi"ga tashrif buyurishdi. O‘zbekiston davlat san’at muzeyi — madaniy-ma’rifiy, ilmiy muassasa. O‘rta Osiyoda ilk bor tashkil etilgan badiiy muzeyi. 1918 yilda Toshkent shahrida Xalq universiteti muzeyi sifatida asos solingan; keyinchalik Markaziy badiiy muzey, 1924 yildan Toshkent san’at muzeyi, 1935 yildan hozirgi nomda. Hozirgi kunda muzey zamonaviy qo‘riqlash va yong‘inga qarshi asbob uskunalar, kompyuterlar bilan jihozlangan. Ekskursiya qiziqarli bo‘lib o‘tdi.

"Gumanitar fanlar" kafedrasi dotsenti B.Mamadaminova va "Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori D.Axrarovalar axboroti
Universitet matbuot xizmati