Suv tanqisligi muammolari haqida
27.11.2024
#Ma`naviy va tashkiliy
Suv tanqisligi muammolari haqida
Joriy yilning 25-noyabr kuni „Milliy TV” telekanali „Gapirmasak bo‘lmaydi“ ko‘rsatuvining „Suv tanqisligiga tayyor turaylik(mi?)” mavzusidagi navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi. Mazkur ko‘rsatuvda "Toshkent Irrigatsiya va qishloq xojaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti "Ekologiya va huquq" fakulteti "Yurisprudensiya" yo‘nalishi talabasi Askarov Amir faol ishtirok etdi. Shuningdek, talabamiz suv tanqisligi va Orol dengizini saqlab qolish bo‘yicha o‘zining fikr, taklif va tashabbuslarini bildirib o‘tdi.

"Ekologiya va huquq" fakulteti tyutorlari I.Ahmedova X Saidovalar axboroti
Universitet matbuot xizmati