Biz OITSga qarshimiz
25.11.2024
Biz OITSga qarshimiz
“Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti 111-guruh talabalari bilan OIV infeksiyasini oldini olish va unga qarshi kurashishda tibbiy savodxonligini oshirish maqsadida “Ma’rifat darsi” doirasida tushuntirish targ‘ibot ishlari olib borildi. OIV infeksiyasining qisqacha tarixi, infeksiya haqida umumiy tushunchalar, uning yuqish yo‘llari, kasallikning klinik belgilari haqida, uni yuqishini oldini olish va erta davolashni yo‘lga qo‘yish haqida davra suhbati o‘tkazildi. Talaba-yoshlar ushbu mavzuda qizg‘in savol-javoblar va fikr-mulohazalari bilan bir-birlari bilan o‘rtoqlashdilar. Dars so‘ngida mavzuga bag‘ishlangan rasmlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

“Iqtisodiyot” fakulteti tyutori D.Egamova axboroti
Universitet matbuot xizmati