“Eng faol yil talabasi” Respublika tanlovining universitet bosqichi natijalari e’lon qilindi

25.11.2024

#Ma`naviy va tashkiliy #Ta`lim

“Eng faol yil talabasi” Respublika tanlovining universitet bosqichi natijalari e’lon qilindi

Universitetda tahsil olayotgan talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ularni raqobatbardosh kadr sifatida shakllanishlariga shart-sharoit yaratish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, intellektual salohiyatini oshirish, ularning o‘z iqtidorlarini namoyon etishlariga imkoniyatlar yaratish, talabalik nufuzini oshirish hamda yuqori natijalarga erishgan talaba-yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida “Eng faol yil talabasi” Respublika tanlovi an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinmoqda.

Bu yilgi tanlovlar o‘tgan yillarnikiga qaraganda bir muncha murosasiz va teng kuchlar ostida bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlovda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining 60 ga yaqin iqtidorli talabalari ishtirok etishdi.

Tanlovda qatnashish uchun hujjat topshirgan talabalarning hujjatlari tanlovning har bir nominatsiyasi bo‘yicha tuzilgan komissiyalarga taqdim etildi. Komissiyalar tomonidan hujjatlarni o‘rganib chiqish asnosida talabalar bilan bevosita suhbatlar olib borildi. Shuningdek, suhbatga jalb etilgan talabalar tomonidan tayyorlangan taqdimotlar ham eshitildi.

 Tanlovning har bir nominatsiyasi bo‘yicha tuzilgan komissiyalar tomonidan taqdim etilgan xulosa va ma’lumotlarga ko‘ra quyidagi yakuniy natijalar qayd etildi;

Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha tuzilgan komissiya qaroriga ko‘ra:

1-o‘rin - Ekologiya va huquq fakulteti, 3-bosqich Xudoyberdiyev Xumoyunbek Xabibulla o‘g‘li;

2-o‘rin - Yer resurslari va kadastr fakulteti, 4-bosqich talabasi Xakimov Alyorbek Karimjon o‘g‘li;

3-o‘rin - Iqtisodiyot fakulteti, 3-bosqich talabasi Matkarimov Ulugbek Murodjon o‘g‘li;


Yilning eng faol-targ‘ibotchi talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha nominatsiyasi bo‘yicha tuzilgan komissiya qaroriga ko‘ra:

1-o‘rin - Iqtisodiyot fakulteti, 3-bosqich talabasi Rajabov Avazbek Abloqul oʻgʻli;

2-o‘rin - Iqtisodiyot fakulteti, 2-bosqich talabasi Quvondiqova Hulkaroy Suvondiq qizi;

3-o‘rin - Iqtisodiyot fakulteti, 3-bosqich talabasi Safarova Farzona Davronzoda;


“Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha tuzilgan komissiya qaroriga ko‘ra:

1-o‘rin - Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti, 4-bosqich talabasi Ibrohimov No‘monjon Nozimjon o‘g‘li;

2-o‘rin - Ekologiya va huquq fakulteti, 2-bosqich talabasi Ganiyeva Samira Sayfulla qizi;

3-o‘rin - Energetika fakulteti, 2-bosqich talabasi Muhammadiyev Murodbek Aktamjon oʻgʻli;

“Yilning eng faol iqtidorli talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha tuzilgan komissiya qaroriga ko‘ra:

1-o‘rin - Yer resurslari va kadastr fakulteti, 4-bosqich talabasi Samatova Gulbonu Ibrohim qizi;

2-o‘rin - Energetika fakulteti, 2-bosqich talabasi Ziyodullayev Shoxijxon Maxkambekovich;

3-o‘rin - Ekologiya va huquq fakulteti, 2-bosqich talabasi Karimov Ilyosbek Ilhomjon o‘g‘li;


“Yilning eng faol ijodkor talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha tuzilgan komissiya qaroriga ko‘ra:

1-o‘rin - Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti, 2-bosqich talabasi Xursandbekov Asadbek Farxodbek o‘g‘li;

2-o‘rin – Ekologiya va huquq fakulteti, 3-bosqich talabasi Ataboyev Javoxir Sarvar o‘g‘li;

3-o‘rin – Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti, 4-bosqich talabasi Sattorova Shohida Muzaffarovna;


“Yilning eng faol-tadbirkor talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha (xotin-qizlar uchun) nominatsiyasi bo‘yicha tuzilgan komissiya qaroriga ko‘ra:

1-o‘rin - Gidrotexnika qurilishi fakulteti, 3-bosqich talabasi Karimova Dilorom Azim qizi;

2-o‘rin - Energetika fakulteti, 4-bosqich talabasi Kamolova Nazokat Uygun qizi;

3-o‘rin - Iqtisodiyot fakulteti, 3-bosqich talabasi Yuldosheva Umida Baxrom qizi g‘olib deb topildi.

Ushbu tanlovda ishtirok etgan barcha talabalarga minnatdorlik bildiramiz va g‘olib bo‘lgan talabalarni samimiy tabriklaymiz!

Iqtidorli talabalar bo‘limi axboroti