“Eng faol yil talabasi” Respublika tanlovining universitet bosqichi natijalari e’lon qilindi
25.11.2024
“Eng faol yil talabasi” Respublika tanlovining universitet bosqichi natijalari e’lon qilindi
Universitetda
tahsil olayotgan talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ularni raqobatbardosh kadr sifatida shakllanishlariga
shart-sharoit yaratish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash,
intellektual salohiyatini oshirish, ularning o‘z iqtidorlarini namoyon
etishlariga imkoniyatlar yaratish, talabalik nufuzini oshirish hamda yuqori
natijalarga erishgan talaba-yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida “Eng faol yil talabasi” Respublika
tanlovi an’anaviy tarzda o‘tkazib
kelinmoqda.
Bu
yilgi tanlovlar o‘tgan yillarnikiga qaraganda bir muncha murosasiz va teng
kuchlar ostida bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlovda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot
universitetining 60 ga yaqin iqtidorli talabalari ishtirok etishdi.
Tanlovda
qatnashish uchun hujjat topshirgan talabalarning hujjatlari tanlovning har bir nominatsiyasi bo‘yicha tuzilgan komissiyalarga taqdim
etildi. Komissiyalar
tomonidan hujjatlarni o‘rganib chiqish asnosida talabalar bilan
bevosita suhbatlar olib borildi. Shuningdek,
suhbatga jalb etilgan talabalar tomonidan tayyorlangan taqdimotlar ham
eshitildi.
Tanlovning har bir
nominatsiyasi
bo‘yicha tuzilgan komissiyalar tomonidan taqdim etilgan xulosa va ma’lumotlarga
ko‘ra quyidagi yakuniy natijalar qayd etildi;
“Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi”
nominatsiyasi bo‘yicha tuzilgan komissiya qaroriga ko‘ra:
1-o‘rin -
Ekologiya va huquq fakulteti, 3-bosqich Xudoyberdiyev Xumoyunbek Xabibulla
o‘g‘li;
2-o‘rin - Yer
resurslari va kadastr fakulteti, 4-bosqich talabasi Xakimov Alyorbek Karimjon
o‘g‘li;
3-o‘rin -
Iqtisodiyot fakulteti, 3-bosqich talabasi Matkarimov Ulug‘bek
Murodjon o‘g‘li;
“Yilning
eng faol-targ‘ibotchi talabasi” nominatsiyasi
bo‘yicha nominatsiyasi bo‘yicha tuzilgan komissiya qaroriga ko‘ra:
1-o‘rin - Iqtisodiyot fakulteti, 3-bosqich talabasi Rajabov Avazbek Abloqul oʻgʻli;
2-o‘rin - Iqtisodiyot fakulteti, 2-bosqich talabasi Quvondiqova Hulkaroy
Suvondiq qizi;
3-o‘rin - Iqtisodiyot fakulteti, 3-bosqich talabasi Safarova Farzona
Davronzoda;
“Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” nominatsiyasi
bo‘yicha tuzilgan komissiya qaroriga ko‘ra:
1-o‘rin - Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti, 4-bosqich talabasi
Ibrohimov No‘monjon Nozimjon o‘g‘li;
2-o‘rin - Ekologiya va
huquq
fakulteti, 2-bosqich talabasi G‘aniyeva Samira Sayfulla qizi;
3-o‘rin - Energetika fakulteti, 2-bosqich talabasi Muhammadiyev Murodbek
Aktamjon oʻgʻli;
“Yilning eng faol iqtidorli talabasi” nominatsiyasi
bo‘yicha tuzilgan komissiya qaroriga ko‘ra:
1-o‘rin - Yer resurslari va kadastr fakulteti, 4-bosqich talabasi Samatova Gulbonu Ibrohim qizi;
2-o‘rin - Energetika fakulteti, 2-bosqich talabasi Ziyodullayev Shoxijxon Maxkambekovich;
3-o‘rin - Ekologiya va huquq fakulteti, 2-bosqich talabasi Karimov Ilyosbek Ilhomjon o‘g‘li;
“Yilning eng faol ijodkor talabasi” nominatsiyasi
bo‘yicha tuzilgan komissiya qaroriga ko‘ra:
1-o‘rin - Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti, 2-bosqich
talabasi Xursandbekov Asadbek Farxodbek o‘g‘li;
2-o‘rin – Ekologiya va huquq fakulteti, 3-bosqich talabasi Ataboyev
Javoxir Sarvar o‘g‘li;
3-o‘rin – Qishloq xo‘jaligini
mexanizatsiyalash fakulteti, 4-bosqich talabasi Sattorova Shohida Muzaffarovna;
“Yilning eng faol-tadbirkor talabasi” nominatsiyasi
bo‘yicha (xotin-qizlar
uchun) nominatsiyasi
bo‘yicha tuzilgan komissiya qaroriga ko‘ra:
1-o‘rin - Gidrotexnika qurilishi fakulteti, 3-bosqich talabasi Karimova
Dilorom Azim qizi;
2-o‘rin - Energetika fakulteti, 4-bosqich talabasi Kamolova Nazokat Uyg‘un qizi;
3-o‘rin - Iqtisodiyot fakulteti, 3-bosqich
talabasi Yuldosheva Umida Baxrom qizi g‘olib deb topildi.
Ushbu tanlovda ishtirok etgan barcha talabalarga minnatdorlik bildiramiz va g‘olib bo‘lgan talabalarni samimiy tabriklaymiz!
Iqtidorli
talabalar bo‘limi axboroti