Bayroq - mafkuraviy mayoq
22.11.2024
#Ma`naviy va tashkiliy
#Yangilik

Bayroq - mafkuraviy mayoq
O‘zbekiston respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan "TIQXMMI” MTU “Gidromelioratsiya” fakultetining 1-bosqich 108-guruh talabalari bilan "Gumanitar fanlar" kafedrasi dotsenti B.Mamadaminova tomonidan "Bayrog‘imiz-timsoli ko‘rk berar O‘zbekistonga"mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
- Bayrog‘imiz to‘rt rangda,
- Qizil, yashil, moviy, oq
- Menga oq rangi yoqar,
- Hammasidan ham ko‘proq.
- Oq rang insonlarga xos,
- Odil, soflik belgisi
- Yashil rangi Vatanning
- Qir-adrlar ko‘zgusi.
- Qizil rangi ham inson,
- Tomirida oqqan qon.
- Moviy rang o‘lkadagi
- Ko‘m-ko‘k musaffo osmon.
- O‘n ikki yulduz asli,
- Viloyatlar ramzidir.
- Bu bayroq Vatanimiz
- Chiroyidir, faxridir.
- O‘zbekiston ramzlari
- Millat bayrog‘i
Suhbat dialog shaklida olib borildi.
"Gumanitar fanlar" kafedrasi dotsenti B.Mamadaminova va "Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori D.Axrarovalar axboroti
Universitet matbuot xizmati