Biz zo‘ravonlikka qarshimiz
22.11.2024

Biz zo‘ravonlikka qarshimiz
Ma’lumki, davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinmoqda va ijrosi ta’minlanmoqda.
Shu ma’noda, joriy yilning 22-noyabr kuni "Gidromelioratsiya" fakulteti talabalari o‘rtasida «Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!» mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda fakultet dekani Javlon Ishchanov, xotin - qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Zamira Beknazarova, ma’naviy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari Ortiq Ruziboyev, fakultet tyutorlari Gulchehra Axmedjanova, Dilbar Axrarova va dotsentlar Zulfiya Mirhasilova, Durdona Asilovalar ishtirok etishdi. Mehmonlar: Mirzo Ulug‘bek tumani IIB Kiberjinoyatlarning oldini olish bo‘lim leytenanti Inamov Akbarxon va O‘zbekiston Ekologik partiyasi Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashi raisi Artur Azegovlar tashrif buyurib ma’ruza qildilar.
Ayol ojiza, biroq kuchli, ayol zaifa, ammo irodali! Uning irodasi oldida lozim bo‘lsa buyuklar bosh egadi. Azaldan erkaklar himoyasida bo‘lgan sharq ayollarining qadr-qimmati hamisha e’zoz-u, e’tirof etilgan. Biroq ularga tazyiq o‘tkazish, zo‘ravonlik qilish holatlari ham afsuski, kuzatilmoqda.
Tadbir davomida har bir ma’ruzachilar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatchilik va ularga qarshi kurashishda amalga oshirilgan ishlar tahlili, shuningdek, gender tenglik, gender zo‘ravonlikni oldini olish to‘g‘risida xabardorlikni oshirish to‘g‘risidagi va shu bilan birga ijtimoiy tarmoqda kuzatilayotgan jinoyatchiliklar bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tildi.
Ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tgan tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olish imkoniga ega bo‘ldi.
“Gidromelioratsiya” fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.F. Beknazarova va fakultet tyutorlari G. Axmedjanova, D.Axrarovalar axboroti
Universitet matbuot xizmati





