Dunyoda kitobdan yaxshiroq do‘st yo‘q
21.11.2024
Joriy yilning 20-noyabr kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti talabalari o‘rtasida “Kitobxonlik” tanlovi bo‘lib o‘tdilar.
“Dunyoda kitobdan yaxshiroq do‘st yo‘q” degan edi buyuk fransuz yozuvchisi Viktor Gyugo. Shunday ekan bugungi kun yoshlarini kitobga oshno qilish dolzarb masala deb bilish o‘rinlidir. Chunki kitob o‘qigan odam fikrlaydi, fikrlarni tahlil qiladi, o‘zi bilan xayolan talashib tortishadi ba’zan esa hamfikr bo‘ladi. Buni teran anglagan “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetining faol kitobxon talabalari Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda G‘afur G‘ulomning “Shum bola” asari muhokamalari asosida tadbir tashkil etishdi.
Unda asardan parchalar o‘qildi, savol javoblar o‘tkazildi, faollik ko‘rsatgan ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari berildi. Eng qizig‘i tomoshabinlar ishtirokida lotoreya o‘yinlari ham talabalar kayfiyatiga ko‘tarinkilik baxsh etdi. Bu tadbir keyingi kitobxonlik targ‘ibotlari uchun muhim qadam bo‘ldi.
“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti tyutor O.Abdullayeva va Yoshlar ittifoqi raisi X.Uraimovalar axboroti
Universitet matbuot xizmati