Mening bayrog‘im-mening faxrim
21.11.2024
Mening bayrog‘im-mening faxrim
“Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti 102-guruh talabalari bilan 18 noyabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan “Ma’rifat darsi” doirasida “Mag‘rur hilpirayver, Vatan bayrog‘i” mavzusidagi darsimiz juda qiziqarli va sermazmun tashkil etildi. Davlat ramzlari hamisha muqaddas va ulug‘ sanaladi. Chunki u xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etgan Vatanning yorqin timsolidir. Davlat bayrog‘i - xalq tarixi va istiqboli ramzidir. Guruhimizda xorijiy talabalar ham bor, shuning uchun bugungi darsimizni yanada qiziqarli bo‘lishi uchun ikki mamlakat ya’ni O‘zbekiston va Turkmaniston bayroqlarini do‘stligimiz ramzi sifatida chizib, rasmlar tanlovi o‘tkazish bilan boyitdik.
”Iqtisodiyot” fakulteti tyutori D.Egamova axboroti
Universitet matbuot xizmati