Ta’limni raqamlashtirish sharoitida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish

21.11.2024

#Ta`lim #Yangilik

  Joriy yilning 1-martidan 5-iyuligacha "Yer resurslari va kadastr" fakulteti professor-o‘qituvchilari Muxtorov O‘zbekxon Burxonovich, Uspankulov Bekjon Musabekovich va Valiyeva Albina Robertovna Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti malaka oshirish markazda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish (4 oylik muddatli onlayn tayyorlash) kurslarini muvaffaqiyatli tugatishdi. Mazkur kursda oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlarida o‘quv mashg‘ulotlarini olib boradigan professor-o‘qituvchilar kasb-mahoratini oshirish, pedagogik texnologiyalar, sohaga oid ilg‘or xorijiy tajribalar va zamonaviy yondashuvlar asosida o‘quv jarayonlar olib borildi. Malaka oshirish kurslarida mutaxassislik fanlaridan onlayn o‘quv jarayonini tashkil etishdi. Onlayn kurslar qizg‘in savol-javoblarga boy tarzda o‘tkazildi, tinglovchilar esa o‘zlari uchun foydali va muhim bo‘lgan ko‘nikmalarga ega bo‘lishdilar. Mazkur onlayn kurslarini muvaffaqiyatli bitirganlarga maxsus diplomlar topshirildi.

Dotsent O‘tkir Islomov axboroti

Universitet matbuot xizmati