Biz korrupsiyaga qarshimiz

20.11.2024

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Joriy yilning 20-noyabr kuni “Toshkent irrigatsiya  va qishloq  xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti va Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi hamkorligida 1-kurs talabalari bilan “Biz korrupsiyaga qarshimiz” shiori ostida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

  “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Yoshlar bilan ishlash  bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Borotov so‘zga chiqib Korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning barcha sohalari rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, taraqqiyotni sekinlashtiradi, davlatni ich-ichidan yemirib boradi, xalqni xonavayron etadi, huquq va manfaatlar buzilishiga sabab bo‘ladi. Bugungi kunda butun jahon miqyosida ushbu jinoyatga qarshi kurashish eng dolzarb masalalardan biriga aylangan. Ayni paytda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishning barcha huquqiy asoslari yaratilgan. Bu borada har birimizdan hushyorlik va mas’uliyatlilik talab etilishi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Suhbat yakunida talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berildi.

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Yoshlar bilan ishlash  bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Borotov va tyutor O.Abdullayevalar axboroti

Universitet matbuot xizmati