"Biz — korrupsiyaga qarshimiz" shiori ostida chellenj o‘tkazildi
20.11.2024
"Biz — korrupsiyaga qarshimiz" shiori ostida chellenj o‘tkazildi
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Gidrotexnika qurilishi” fakultetining universitet yotoqxonasida yashayotgan talabalari bilan tyuter D.Xursandovaning rahbarligi ostida "Biz — korrupsiyaga qarshimiz" shiori ostida chellenj o‘tkazildi.
Ushbu chellenjdan maqsad talaba-yoshlarning korrupsiya bo‘yicha bilimlarini yanada oshirish hamda ularning korrupsion jarayonlar ishtirokchisiga aylanib qolishi kabi noxush holatlarning oldini olish, universitet xodimlari va talaba-yoshlar orasida korrupsiyaga nisbatan immunitet shakllantirish, oliy ta’lim sohasini korrupsiyasiz sohaga aylantirishdan iborat.
Hurmatli universitetimiz xodimlari va talaba-yoshlari korrupsiyaga qarshi o‘tkazilayotgan chellenjda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz!