Bayrog‘im – g‘ururim
20.11.2024
“Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti 102, 108, 111 - guruh faol talabalari talabalari bilan 18 noyabr O‘zbekiston respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan Yangi O‘zbekiston bog‘iga tashrif uyushtirdik. “O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonun 1991-yil 18-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan. Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli hisoblanadi. Davlatchiligimiz tarixining qaysi davrini olmaylik, bayroq ajdodlarimiz uchun ozodlik, kuch-qudrat, jasorat va g‘alaba timsoli bo‘lib kelgan. Bayrog‘imiz 1992 yil 2 martdan O‘zbekiston to‘laqonli suveren respublika sifatida tan olinganining ramzi sifatida BMTning bosh qarorgohi oldida ham hilpiray boshlagan. Talaba-yoshlar bilan bayrog‘imizning tantanali ravishda "Yangi O‘zbekiston" bog‘iga kirib kelishini kutib olish, ularda Vatanga bo‘lgan muhabbat, g‘urur va faxr hislarini yanada oshirdi. Vatan oldidagi burchlariga sadoqatli bo‘lishdek mas’uliyatlarini mustahkamladi.
“Iqtisodiyot” fakulteti tyutori D.Egamova axboroti
Universitet matbuot xizmati