"Ajiniyoz" filmi ko‘rildi

20.11.2024

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

"Ajiniyoz" filmi ko‘rildi       Joriy yilning 19-noyabr kuni "TIQXMMI"  MTU "Gidromelioratsiya" va "Gidrotexnika qurilishi" fakultetlarining faol talabalari O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga asosan “Qaraqalpaqfilm” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “Ajiniyoz” badiiy-publitsistik filmining katta premyerasini  oshirishda qatnashdilar.

  Namoyishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining raisi Orinbayev Amanbay Tleubayevich, Kinematografiya agentligi direktorining o‘rinbosari Alisher Xodjayev, O‘zbekiston Kino arboblari ijodiy uyushmasi raisi Matyoqub Matchonov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Jamila Shermuhammedova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo, filmning ijodkorlari, Toshkent shahridagi bir guruh oliy ta’lim muassasasida tahsil olayotgan talaba-yoshlar hamda Ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. Film ijodkorlari suratga olish jarayonlari va kartinadan ko‘zlangan maqsad haqida atroflicha fikr bildirdi. 

  Filmga qiziqish bildirgan kino ixlosmandlar talabiga ko‘ra Milliy kino san’ati saroyining barcha zallarida namoyish tashkillandi. 

“Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori D.Axrarova va "Gidrotexnika qurilishi" fakulteti tyutori D.Xursandovalar axboroti

Universitet matbuot xizmati