"Oltin davrning - oltin mavsumi" shiorida sayr

20.11.2024

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

 "Oltin davrning - oltin mavsumi" shiorida sayr  "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" MTU "Iqtisodiyot" fakulteti 1-bosqich talabalari, tyutorlari Shodiyeva Gulbahor rahbarligida, "Oltin davrning - oltin mavsumi" shiori ostida Mirzo Ulug‘bek bog‘ida sayr qilishdi.

  Talabalar uchun bu sayr nafaqat dam olish, balki tarix va madaniyat bilan yaqinroq tanishish imkoniyatini yaratdi. Mirzo Ulug‘bek bog‘i o‘zining go‘zalligi, tarixiy ahamiyati va tinchlik muhiti bilan talabalarni o‘ziga jalb qildi. 

  "Oltin davrning - oltin mavsumi" shiori ostida o‘tkazilgan bu sayr talabalarga O‘zbekistonning boy tarixi va madaniyati bilan yaqinroq tanishish, milliy g‘urur va Vatanimizga bo‘lgan muhabbatni kuchaytirish imkoniyatini berdi.

“Iqtisodiyot” fakulteti tyutori Shodiyeva Gulbahor axboroti

Universitet matbuot xizmati