Magistrantlarning dastlabki himoyasi
19.11.2024

Magistrantlarning dastlabki himoyasi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarining yakuniy Davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi “Nizomga” va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2015-yil 2-apreldagi 116-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Magistratura to‘g‘risidagi Nizom”ga hamda magistratura mutaxassisliklari o‘quv rejasida belgilangan yuklamani bajargan bitiruvchilarning magistrlik dissertatsiyasi dastlabki himoyasini o‘tkazish maqsadida universitet rektorining 2024 yil 8-noyabrdagi Magistrlik dissertatsiya ishlarini dastlabki himoyasini o‘tkazish to‘g‘risida 65/f sonli farmoyishiga asosan, 2024 yil 19-noyabr kuni “Elektrotexnologiya va elektr uskunalar ekspluatatsiyasi” kafedrasiga tegishli 70810501-Qishloq va suv xo‘jaligida energiya ta’minoti mutaxassisligi magistrantlarining Magistrlik dissertatsiyalarining dastlabki himoyasi bo‘lib o‘tdi. Magistrlar tomonidan tayyorlangan dissertatsiya, dissertatsiya avtoreferati va tayyorlangan taqdimot materiallari kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ko‘rib chiqildi. Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli taklif va ko‘rsatmalar berildi.
Dastlabki himoya yakunlari kafedra yig‘ilishi bayonnomasi bilan rasmiylashtirildi.





