Davlat bayrog‘i — millat iftixori
19.11.2024

Davlat bayrog‘i — millat iftixori 2024-yil 19-noyabrda TIQXMMI MTU Asaka mahallasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston respublikasi Bayrog‘i qabul qilingan kunning 33-yilligini nishonlash bo‘yicha «Davlat bayrog‘i — millat iftixori» mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Asaka MFY raisi O.Fuzailov, M.Irgasheva, Xotin-qizlar masallari bo‘yicha G.Erkaeva “Er resurslari va kadastr”–fakulьtetining dekani dots. Inamov A., dekan o‘rinbosari S.Hikmatullaev, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.Xafizova, Yer resurslarini boshqarish kafedrasining professor –o‘qituvchilaridan O‘. Muxtorov , A.Muqumov va talaba yoshlar qatnashdilar. Tadbirni mahalla raisi O.Fuzailov ochib berdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar Davlat ramzlari hamisha muqaddas va ardoqli sanaladi. Boisi ularda sevikli Vatanning surati, mehr-u tarovati, xalqning mardonavor o‘tmishi, bugungi fidokorligi va istiqboli baralla namoyon bo‘ladi. Ulardan biri Davlat bayrog‘idir.
Jonajon O‘zbekistonimizning moviy, zangori, oppoq ranglarga uyqash, hilol Oy va kumush yulduzlar jilolanib turgan bayrog‘ini mag‘rur hilpirab turganini har gal ko‘rganda ko‘ngilda ajib tuyg‘ular uyg‘onadi, faxr-u iftixor vujudingni quchadi. SHuning uchun ham har yili 18-noyabrda tarixiy sanalardan biri sifatida keng nishonlanadi.
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonunning 2-3-moddasida bayrog‘imiz mamlakatimiz suverenitetining ramzi ekanligi, xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli bo‘lishi e’tirof etilgan. Hozir u jahonning turli nuqtalarida mag‘rur hilpirab turibdi. Ayniqsa, sport arenalarida, milliy terma jamoalarimizning ishtirokidagi xalqaro sport musobaqalarini o‘tkazish vaqtida hamda nufuzli bellashuvlarda yurtimiz sportchilari g‘oliblik shohsupasida turganida bayrog‘imizning baland ko‘tarilishi qalbimizga faxr-iftixor tuyg‘ularini baxsh etadi, ko‘nglimizni tog‘dek ko‘taradi.
“YRK” fakulteti dekan o‘rinbosari S.Xikmatullayev va fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.Xafizova axboroti
Universitet matbuot xizmati





