Xorijiy hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda.
19.11.2024

Universitetimizda ilmiy-tadqiqot ishlarini, bakalavriat, magistratura ta’lim dasturlarini xalqaro darajalarga moslashtirish borasida izchil islohotlar amalga oshirilib, bu borasidagi xorijiy ilg‘or universitetlar bilan aloqalar yanada mustahkamlanmoqda.
Shunday amaliy ishlardan biri Energetika fakultetida ham amalga oshirildi. Vengriyaning eng samarali faoliyat olib borayotgan universitetlaridan biri Obuda universiteti vakillari Elektrotexnologiyalar va elektr uskunalar ekspluatatsiyasi kafedrasiga tashrif buyurishdi. Bu universitet nufuzli reyting ko‘rsatgichlarini qayd etgani ayniqsa e’tiborlidir (THE 601-800).
Universitetning Kando Kalman nomidagi Elektr muhandisligi fakulteti Avtomatika kafedrasi mudiri, professor Sandor Semperger hamda kafedra tadqiqotchi olimi Istvan Bendiak tomonidan Elektrotexnologiyalar va elektr uskunalar ekspluatatsiyasi kafedrasida seminar ma’ruzalari olib borildi. Ma’ruzalarda professor o‘qituvchilar, Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti hamda Elektr muhandisligi ta’lim yo‘nalishlari talaba va magistrantlari ishtirok etdilar. Ma’ruzalarda elektr uskunalarni ekspluatatsion ishonchligini oshirish, ishdan chiqish sabablari diagnostikasi va uni bartaraf etish usullari haqida tadqiqot natijalari yoritib berildi. Shundan so‘ng, kafedralar o‘rtasida ilmiy tadqiqotlar va akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning istiqbolli rejalari kelishib olindi.