Bayrog‘imiz g‘urur va faxrimiz timsolidir
19.11.2024
Bayrog‘imiz g‘urur va faxrimiz timsolidir
Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsolidir. Vatanimiz ramzlariga nisbatan chuqur hurmatda bo‘lish, ularni ulug‘lash va ardoqlash barchamizning muqaddas burchimiz bo‘lmog‘i lozim.
Bugun 18-noyabr – “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun” munosabati bilan 4-TTJda “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari boshchiligida “Bayrog‘imiz g‘urur va faxrimiz timsolidir” shiori ostida tadbir tashkil qilindi.
Tadbir davomida talabalarimiz tomonidan vatanparvarlik, erksevarlik tuyg‘ulari yo‘g‘rilgan Davlatimiz bayrog‘i haqidagi she’r va kuy-qo‘shiqlar ijro etildi, “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari O‘zbekistonning davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g‘urur, faxr va iftixor bag‘ishlovchi kuch ekanligi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi.
“Qalqon” jamoatchilik guruhi axboroti
Universitet matbuot xizmati