Diniy bag‘rikenglik
18.11.2024
Diniy bag‘rikenglik
“Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti 108-guruh talabalari bilan Ma’rifat darsida “Diniy bag‘rikenglik. Tolerantlik-xalqlar do‘stligining muhim poydevori” mavzusida gaplashildi. Ushbu darsimizning maqsadi talaba-yoshlarga O‘zbekistondagi bag‘rikenglikning tarixiy asoslari haqida ma’lumot berish, ajdodlarimiz asarlarida ijtimoiy bag‘rikenglik talqinlari bilan talabalarni tanishtirish, O‘zbekistonda etnik va ijtimoiy bag‘rikenglikning qonuniy asoslari haqida ma’lumot berishdan iborat edi. O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari asosan uch tamoyilga asoslanib amalga oshirilishi ta’kidlab o‘tildi, bular: diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va vijdon erkinligidir. Dars oxirida “Ismingizni ma’nosini bilasizmi?” degan qisqa trening bilan yakunladik. Bunda har bir talaba yonidagi o‘rtog‘ini ismini ma’nosini aytib berishi kerak edi. Kimdir internetdan qidirgan yana kimdir kitobdan qidirishga tushgan. Islom dinida chaqaloq dunyoga kelarkan, unga chiroyli ism berish ota-onaning vazifasi hisoblanadi. Har birimizga qo‘yilgan ismning ma’nosi bor va shu ismga munosib bo‘lish hammamizga nasib qilsin.
“Iqtisodiyot” fakulteti tyutori D.Egamova axboroti
Universitet matbuot xizmati