Ozodalik — salomatlik garovi
16.11.2024

"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti "Iqtisodiyot" fakulteti tyutorlari G. Shodiyeva va D. Egamova 3-sonli talabalar turar joyida yig‘ilish o‘tkazishdi. Yig‘ilishda asosiy muhokama qilingan masala tozalik va tartib-intizom masalasi edi.
Tyutorlar talabalarga turar joyda tozalik va tartib-intizomni saqlashning ahamiyati, bu borada o‘zaro hamkorlikning zarurligi haqida gapirishdi. Ular talabalarning fikrlarini tingladilar va turar joyda tozalikni ta’minlash bo‘yicha birgalikda harakat qilishga chaqirishdi.
Yig‘ilish oxirida talabalar o‘zlarining turar joylarini toza va tartibli saqlashga va’da berishdi. Tyutorlar esa talabalarni qo‘llab-quvvatlash va ularga kerakli yordamni berishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
“Iqtisodiyot” fakulteti tyutorlari Shodiyeva Gulbahor, Egamova Dilbar axboroti
Universitet matbuot xizmati



