“Chevar qizlar” to‘garagini tashkil etish

16.11.2024

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil II yarim yillik ish rejasiga asosan ta’lim muassasalarida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni ta’minlash, barcha ta’lim muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta muhim tashabbusi doirasida “Ijodkor yoshlar” klubi, “Yosh sportchilar” klublari, “Yosh dasturchilar” klubi, “Yosh kitobxonlar” klubi, “Chevar qizlar” to‘garagini tashkil etish bo‘yicha 2024 yil 15-noyabrda “Yer resurslari va kadastr” fakultetining 4-talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talaba qizlar bilan umumiy yig‘ilish o‘tkazildi. Ushbu yig‘ilishda “Chevar qizlar” to‘garagini  tashkil qilish bo‘yicha Z.Xafizova ma’lumot berib o‘tdi.

  Chevarlik – bu bir necha asrlardan beri insonlarning qo‘llari va aqllarini sinab ko‘rishgan, shunga asoslangan amaliyot hisoblanadi. Umuman olganda, chevarlik zamonaviy dunyoda ham yoshlarning, ayniqsa qizlarning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Chevar qizlar to‘garagi tashkil qilish, bugungi kunda qizlarning ijodiy faoliyatini yanada oshirishga, ularning ma’lumot va ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

  Maqsadimiz-qizlarning chevarlikka bo‘lgan qiziqishini o‘stirish. Ijodiy va shuningdek, amaliy ko‘nikmalarni oshirish. Chevarlik sohasidagi asosiy nazariy va amaliy bilimlarni o‘rganish. Har bir ishtirokchining ijodiy imkoniyatlarini o‘zgartirish. Chevarlik orqali qizlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish. Zamonaviy texnologiyalar va materiallardan foydalanishdan iboratdir. “Chevar qizlar” to‘garagini faoliyatini olib borish 3-bosqich talabasi S.Mamarajabovaga yuklatildi.

“YRK” fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi  Z.Xafizova axboroti

Universitet matbuot xizmati