InnoWeek 2024: DemoDay doirasida loyiha taqdimoti.
16.11.2024

“Barqaror rivojlanish uchun innovatsiyalar” shiori ostida bo‘lib o‘tayotgan InnoWeek-2024 dasturi doirasida “INNOGEN" youth program dasturi natijadorligi bo‘yicha Start-Up loyihalarning DemoDay loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi binosida Innovatsion rivojlanish agentligi mas’ulligida tashkil etilgan ushbu dasturda universitetimiz tayanch doktoranti Dilmurod Akbarov o‘zining elektr motorlarni himoya tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan “ADM-0510: Reliability Reinvented” loyihasi taqdimoti bilan muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
D.Akbarovning ilmiy tadqiqot ishining natijadorligi va loyihasining amaliy ahamiyati haqida Vengriyaning Obuda universiteti Avtomatika kafedrasi mudiri, professor Sandor Semperger o‘zining ijobiy va samimiy fikrlarini bildirib, elektr motorlarni himoya qilishning muhimligi va ahamiyati to‘g‘risida taqdimot qilib berdi. Shundan so‘ng munosib ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan sertifikatlar bilan taqdirlandilar.





