Oilaning jamiyatdagi o‘rni
15.11.2024

Universitetning “Ekologiya va huquq” fakulteti "Huquqiy fanlar" kafedrasi tashabbusi bilan "Yurisprudensiya" yo‘nalishi talabalari uchun "Oila huquqi" fani doirasida joriy yilning 14-noyabr kuni Mirzo Ulug‘bek tumani Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish idorasi katta inspektori Dilfuza Komiljonovna, "Madad" nodavlat notijorat tashkiloti bosh maslahatchisi Shahnoza Abdiraximovalar ishtirokida master-klass tashkil etildi. Unda mutaxassislar tomonidan oila instituti, oilaning jamiyatdagi o‘rni, oila qonunchiligidagi o‘zgarishlar, FHDYO elektron bazasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda bugungi kunda amaliyotda uchrayotgan muammoli vaziyatlar kabi mavzularda ma’ruza qilishdi.
Uchrashuv so‘ngida talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
"Ekologiya va huquq" fakulteti dekani o‘rinbosari A.Binakulov va fakultet tyutori I. Ahmedovalar axboroti
Universitet matbuot xizmati